Go by Example: Functions

Funksiyalar Go’da markaziy o’rin tutadi. Biz funksiyalarni bir nechta turli misollar bilan o’rganamiz.

package main
import "fmt"

Mana ikkita int qabul qilib, ularning yig’indisini int sifatida qaytaradigan funksiya.

func plus(a int, b int) int {

Go aniq return talab qiladi, ya’ni u oxirgi ifodaning qiymatini avtomatik ravishda qaytarmaydi.

    return a + b
}

Bir xil tipdagi bir nechta ketma-ket parametringiz bo’lsa, tipni e’lon qiladigan oxirgi parametrgacha bir xil tipdagi parametrlar uchun tip nomini tushirib qoldirishingiz mumkin.

func plusPlus(a, b, c int) int {
    return a + b + c
}
func main() {

Funksiyani kutganingizdek, name(args) bilan chaqiring.

    res := plus(1, 2)
    fmt.Println("1+2 =", res)
    res = plusPlus(1, 2, 3)
    fmt.Println("1+2+3 =", res)
}
$ go run functions.go 
1+2 = 3
1+2+3 = 6

Go funksiyalarining yana bir nechta xususiyatlari bor. Ulardan biri bir nechta qaytuvchi qiymatlar bo’lib, biz uni keyingi misolda ko’rib chiqamiz.

Keyingi misol: .