Go by Example: Range over Built-in Types

range turli ichki o’rnatilgan ma’lumotlar strukturalaridagi elementlar bo’ylab takrorlanadi. Keling, range ni biz allaqachon o’rgangan ba’zi ma’lumotlar strukturalari bilan qanday ishlatishni ko’rib chiqamiz.

package main
import "fmt"
func main() {

Bu yerda biz range dan slice dagi sonlarni yig’ish uchun foydalanamiz. Massivlar ham xuddi shunday ishlaydi.

    nums := []int{2, 3, 4}
    sum := 0
    for _, num := range nums {
        sum += num
    }
    fmt.Println("sum:", sum)

Massivlar va slice lardagi range har bir element uchun ham indeks ham qiymatni beradi. Yuqorida bizga indeks kerak emas edi, shuning uchun uni bo’sh identifikator _ bilan e’tiborsiz qoldirdik. Biroq, ba’zan bizga indekslar haqiqatan kerak bo’ladi.

    for i, num := range nums {
        if num == 3 {
            fmt.Println("index:", i)
        }
    }

Map dagi range kalit/qiymat juftliklari bo’ylab takrorlanadi.

    kvs := map[string]string{"a": "apple", "b": "banana"}
    for k, v := range kvs {
        fmt.Printf("%s -> %s\n", k, v)
    }

range shuningdek map ning faqat kalitlari bo’ylab takrorlanishi mumkin.

    for k := range kvs {
        fmt.Println("key:", k)
    }

Satrlardagi range Unicode kod nuqtalari bo’ylab takrorlanadi. Birinchi qiymat rune ning boshlang’ich bayt indeksi, ikkinchisi esa rune ning o’zi. Batafsil ma’lumot uchun Strings and Runes ga qarang.

    for i, c := range "go" {
        fmt.Println(i, c)
    }
}
$ go run range-over-built-in-types.go
sum: 9
index: 1
a -> apple
b -> banana
key: a
key: b
0 103
1 111

Keyingi misol: .