Go by Example: Select

Go’ning _select_i bir nechta kanal operatsiyalarini kutishga imkon beradi. Goroutinalar va kanallarni select bilan birlashtirish Go’ning kuchli xususiyatidir.

package main
import (
    "fmt"
    "time"
)
func main() {

Misolimiz uchun ikkita kanal bo’ylab select qilamiz.

    c1 := make(chan string)
    c2 := make(chan string)

Har bir kanal biroz vaqtdan so’ng qiymat qabul qiladi, bu masalan parallel goroutinalarda bajarilayotgan bloklovchi RPC operatsiyalarini simulyatsiya qilish uchun.

    go func() {
        time.Sleep(1 * time.Second)
        c1 <- "one"
    }()
    go func() {
        time.Sleep(2 * time.Second)
        c2 <- "two"
    }()

Bu qiymatlarning ikkalasini bir vaqtning o’zida kutish uchun selectdan foydalanamiz, har birini kelishi bilan chop etamiz.

    for range 2 {
        select {
        case msg1 := <-c1:
            fmt.Println("received", msg1)
        case msg2 := <-c2:
            fmt.Println("received", msg2)
        }
    }
}

Biz kutilganidek "one" va keyin "two" qiymatlarini qabul qilamiz.

$ time go run select.go 
received one
received two

E’tibor bering, umumiy bajarilish vaqti faqat ~2 sekund, chunki 1 va 2 sekundli Sleeplarning ikkalasi ham parallel bajariladi.

real    0m2.245s

Keyingi misol: .