Go by Example: Tickers

Timerlar kelajakda biror narsani bir marta qilishni xohlaganingizda kerak bo’ladi - tickerlar esa biror narsani muntazam oraliqlarda takror-takror qilishni xohlaganingizda kerak bo’ladi. Mana biz to’xtatmagunimizcha vaqti-vaqti bilan “tiqillab” turuvchi tickerga misol.

package main
import (
    "fmt"
    "time"
)
func main() {

Tickerlar timerlarga o’xshash mexanizmdan foydalanadi: qiymatlar yuboriladigan kanal. Bu yerda biz har 500ms da kelayotgan qiymatlarni kutish uchun kanalda o’rnatilgan select dan foydalanamiz.

    ticker := time.NewTicker(500 * time.Millisecond)
    done := make(chan bool)
    go func() {
        for {
            select {
            case <-done:
                return
            case t := <-ticker.C:
                fmt.Println("Tick at", t)
            }
        }
    }()

Tickerlarni timerlar kabi to’xtatish mumkin. Ticker to’xtatilgandan keyin u o’z kanalida boshqa qiymatlarni qabul qilmaydi. Biz o’zimiznikini 1600ms dan keyin to’xtatamiz.

    time.Sleep(1600 * time.Millisecond)
    ticker.Stop()
    done <- true
    fmt.Println("Ticker stopped")
}

Biz bu dasturni ishga tushirganimizda, ticker biz uni to’xtatishimizdan oldin 3 marta “tiqillashi” kerak.

$ go run tickers.go
Tick at 2012-09-23 11:29:56.487625 -0700 PDT
Tick at 2012-09-23 11:29:56.988063 -0700 PDT
Tick at 2012-09-23 11:29:57.488076 -0700 PDT
Ticker stopped

Keyingi misol: .